Farg‘ona viloyati hokimi sayyor qabul o‘tkazdi
Jamiyat
−
15 dekabr 2020
3722Farg‘ona viloyatida Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan viloyat hokimi sayyor qabuli davomida bir nechta masalalar hal qilindi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilonning “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘ini, asosan, ko‘pqavatli uylardan iborat. Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan viloyat hokimi sayyor qabuli davomida tushgan murojaatlar asosida, shu yerdagi 8 ta ko‘pqavatli uylarning tom qismi ta’mirlangan. Kirish yo‘laklari ta’mirlanib, fromogalar yangilangan. Uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, obodonchilik ishlari tashkil qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Toshloq tumanidagi “Sadda” mahalasida ichimlik suvi tarmog‘i chirib bitgandi. Endi bu aholi o‘ramida ham yangidan tarmoq tortilmoqda. Xalq qabulxonasiga bo‘lgan murojaatdan so‘ng, tumandagi “Tojik” qishlog‘ida boshlang‘ich sinf bolalari uchun 120 o‘rinli maktab qurilgan va foydalanishga topshirilgan.
Quva tumanida mahalliy tadbirkor ayni kunlarda atirgul ko‘chatlarini eksport qilishga tayyorlamoqda. Tumanning eng chekka hududi sanalgan «Soyguzar» qishlog‘ida ikkinchi sektor ko‘magida kooperatsiya tashkil qilindi. Tadbirkor yigit kooperatsiya rahbari tariqasida qishloqdagi ishsiz aholi vakillarini ishga qabul kildi. Ma’lum bo‘lishicha, yana sektor ko‘magida kooperatsiyaga 7 gektar yer maydoni ajratilgan. Aholi bandligini ta’minlash bo‘limi tomonidan bahorda gul ko‘chatlarini ekish uchun “temir daftar”da ro‘yxatga olingan shaxslarga 131 mln so‘m miqdorida davlat subsidiyalari ajratilmoqda.
Shuningdek, Oltiariq tumanining “Kapcho‘gay” massivi adirlik bo‘ylarida kichik sanoat zonasi tashkil etish, unda mahalliy tadbirkorlar uchun yer maydonlari ajratish masalasi ham sayyor qabullar davomida ko‘tarilgan edi. Ayni kunlarda kichik sanoat zonasida 20 ta loyiha tayyorlanmoqda. Ularga ko‘ra, 10 sotixdan yer maydoni murojaat bilan chiqqan talabgor tadbirkorlarga berilgan.
Xabarga ko‘ra, aholi tomonidan Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni sektor rahbarlari bilan hamkorligida bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi