Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi

Jamiyat

image

Kecha, 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Bildirilishicha, hozirda FVV xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona sel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing