Farg‘ona shahriga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi chog‘ida Farg‘ona shahrining yangi prokurori va IIB boshlig‘i keng jamoatchilikka tanishtirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Dilmurod Qobulovich Qobulov Respublika bosh prokurorining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahrining prokurori etib tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, Dilmurod Qobulov 1981 yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Andijon viloyat prokuraturasida hamda Respublika Bosh prokuraturasida ma’sul vazifalarda ishlagan. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va shahri, Toshkent shahrining Bektemir tumani prokurori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan podpolkovnik Dilmurod Qobilovich Asqarov Respublika Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i etib tayinlangan. 

Dilmurod Asqarov 1979 yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2002  yildan ichki ishlar tizimida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Quva tuman IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng Farg‘ona shahar prokurori va qolgan uch sektor rahbari ham ishdan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing