Farg‘ona IIB masjid imomi farzandlari bilan zaharlanib vafot etishi bo‘yicha rasmiy mu’lumot berdi

3-sahifa

image

Biroz avval, Qo‘qon shahridagi “Hazrati Abbos” masjidi imom-xatibi Saidkamolxon Mahmudov turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan vafot etgani haqida xabar bergan edik. Farg‘ona viloyati  IIB ushbu xabarni tasdiqlab, dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi. 

Qayd etilishicha, bugun, 21 mart kuni tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 13:53 da 1986 yilda tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 53-uyda yashovchi Tolibjon Adilovich Jabborov viloyat IIB “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan qo‘shnilari:

•    1989 yil 28 sentyabrda tug‘ilgan, Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan, “Hazrati Abbos” jom’e masjidi imomi-xatibi Sayidkamolxon Mahmudov; 

•    Sha’riy tumush o‘rtog‘i – 1994 yil 1 iyunda tug‘ilgan, Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan, uy bekasi Muqaddamxon Xo‘jayeva; 

•    Qizi –2014 yil 23 dekabrda tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan Mahmudova Ominaxon Mahmudova; 

•    O‘g‘li – 2017 yil 25 yanvarda tug‘ilgan, Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan Sayidmadyorxon Valiyev; 

•    O‘g‘li – 2019 yil 10 oktyabr kuni tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Shikorbegi 3-tor ko‘chasi 56-uyda yashagan Sayidmuhammadbilol Mahmudov o‘z yashash xonadonida gazdan zaharlanib, vafot etgan.

Shuningdek:

Otasi – 1966 yilda tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Sangzor ko‘chasi 2-uyda yashovchi Valijon Mahmudov; 

Ukasi – 1994 yilda tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Sangzar ko‘chasi 2-uyda yashovchi, haydovchi Sayidmadamin To‘raxonov; 

Opasi – 1988 yilda tug‘ilgan Qo‘qon shahar, Orasta ko‘chasi 43-uyda yashovchi Nozimaxon Ahmedova gazdan turli darajada zaharlanib, shifoxonaga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar pokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

895

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing