Farg‘ona davlat universiteti prorektoriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Farg‘ona davlat universiteti prorektori A.A. kirish imtihonlari natijalarini soxtalashtirilganlikda ayblanib, 18 kishining o‘qishga kirishiga sababchi bo‘lgan. Ayni vaqtda u qonun oldida javob bermoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergovda aniqlanishicha, Farg‘ona davlat universiteti prorektori A.A. 2019-2020 o‘quv yili uchun “Jismoniy madaniyat” imtihon komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan “Jismoniy madaniyat” fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a’zolari bilan jami 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishlari natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta’lim muassasiga o‘qishga qabul qilingan.

Kecha, 4 mart kuni shahar prokuraturasi tomonidan Universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing