Farg‘ona aeroportida samolyotlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 21 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17:02 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.

Masalan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing