Farg‘ona aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona aeroportida bojxona posti boshlig‘i va uning yordamchilari moddiy manfaatdorlik sabab o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilib kelganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.S. o‘z xodimi X.J. va mahalliy fuqarolar bilan kelishgan holda noqonuniy faoliyat olib borgan. Ular moddiy manfaatdorlik evaziga, xorijdan kelayotgan yo‘lovchilar nomiga rasmiylashtirilib olib kelingan juda ko‘p miqdordagi tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Ma’lumotga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Domodedovo – Farg‘ona yo‘nalishida Moskva shahridan uchib kelgan 4 nafar yo‘lovchi nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan umumiy qiymati 276,6 mln  so‘mlik tovar qimmatliklarni qabul qilib olgan vaqtida fuqarolar  A.N. va N.A.lar qo‘lga olingan. Shuningdek, mazkur tovarlar Farg‘ona shahrida yashovchi tadbirkor R.B.ga tegishli ekani ma’lum bo‘lib, u ham ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, Farg‘ona xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimi X.J. o‘zining boshlig‘i A.S.ning ko‘rsatmasiga asosan ushbu tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazib yuborgan. 

Hozirda holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan A.S. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona posti boshlig'i

Baholaganlar

957

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar