Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Jamiyat
−
28 avgust 2020
11579Bugun, 28 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni o‘qib eshittirildi.
Yig‘ilishda viloyat faollari so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
LiveBarchasi