Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi
Jamiyat
−
26 dekabr 2022
9730Farhod Ermanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu bo‘yicha tegishli qaror bugun, 26 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qaroriga asosan Oliy Majlisi Senati a’zosi Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Ermanov shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlangan.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning vakolati tugatilgani haqda xabar berilgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi