“Farhod” bozorida sotuvchi kaltaklandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro bir nechta kishi tomonidan kaltaklanayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi..

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 mart kuni taxminan soat 19:00 larda Chilonzor tumanidagi avto-ehtiyotqismlari do‘konlaridan birida sotuvchilar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal natijasida 27 yoshli A.Islombek tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing