Faol nuroniylarga har oyda 577 ming so‘m to‘lanadi
Jamiyat
−
27 noyabr 2024
3681Faol nuroniylar har oyda MHTEKM (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori)ning 50 foizi (577,5 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi. Bu haqda 25 noyabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi. Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
- xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
- oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
- piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
- keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.
LiveBarchasi