“Fani” to‘foni sabab qancha hindistonlik halok bo‘lgani ma’lum

Olam

image

Xorij OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra jarohat olganlar soni 300 nafardan oshib ketgan.

“Fani” to‘foni sabab Hindistnda halok bo‘lganlar soni oshib bormoqda. Jumladan, mamlakat shimolidagi Odisha shtatida tabiat hodisasi sabab halok bo‘lganlar soni 64 kishidan oshib ketgan. Bu haqda ANI agentligi bugun xabar tarqatdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, 39 nafar halok bo‘lganlarning jasadi Puri shahrida aniqlangan. Hukumuat to‘fondan zarar ko‘rgan 10 mingdan ortiq aholi punktlarini tiklash ishlariga o‘n mingta ko‘ngillilarni jalb etgan.

Odisha hukumati siklon sabab 1 mln aholini evakuatsiya qilgan edi. Ular sohil bo‘ylab vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan. Yuz minglab mahalliy aholi to‘fon sabab boshpanasidan ayrildi.

Odishaga 3 may kuni yopirilgan siklon Hindiston tarixida so‘nggi 20 yilda kuzatilgan eng kuchli to‘fon ekanligi ta’kidlanmoqda.

Shamol va yomg‘ir aralash to‘fonning tezligi 55 metr sekundga yetgan. 1999 yilda yuz bergan xuddi shunday siklon 10 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing