Farg‘onada janjaldan qochgan yigit “Zil” tagida qolib, halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘onada janjalga aralashib qolib, ta’qibdan qochishga harakat qilgan fuqaro “Zil”ga osilib, vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 4 avgust kuni soat 18:00 larda Farg‘ona tumanidagi “Sarkak” mahallasida yuz bergan. Avtomobil yo‘lida bir nechta fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Voqea joyiga yaqinlashgan “Zil-130” yuk mashinasi haydovchisi vaziyatdan bexabarligi uchun mashinani sekinlatgan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, to‘planib turgan odamlar orasidan ikki yigit chiqqan va “Zil”ga qarama-qarshi tarzda yugurgan. Haydovchi yigitlarga zarar yetkazmaslik uchun mashina tezligini kamaytirgan. U ikki yigit turgan joydan qo‘zg‘alib harakatni davom ettirgan vaqtida egnida ko‘ylagi yo‘q yigit mashinaga osilib olgan. “Zil” to‘xtagan va haydovchi yigitga mashinaga osilmaslikni aytgan.

Biroq yuk mashinasi harakatlana boshlaganida yana osilgan va haydovchi avtomobillar oqimini hisobga olib, tezlikni kamaytirib to‘xtashga urinayotgan vaqtda, kutilmaganda “Zil” ostiga kirib ketib voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made