“Fan doktorlari va fan nomzodlari”. Yangi senatorlar kimlar?

Jamiyat

image

Yangi shakllangan Oliy majlisi senatining dastlabki yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev senator shaxsi va yangi senatorlar tarkibi haqida gapirdi. 

“Senator hayotda tajribali, achchiq-chuchukni totgan, qaror qabul qilishdan oldin yetti o‘lchab bir kesadigan bo‘lishi kerak. Quyi palatadagi sal jo‘shqin bo‘lishi mumkin. Senator qonunlarni saralab-saralab yana bir marta har bir qonunni “xalqimizga qanday manfaat beradi, bundan xalqimiz qanday xulosa qiladi” deya saralash lozim. Bilasizlarmi, oynai-jahondan yoshlarimiz, xalqimiz sizlarni ko‘radi. 

“Oldingi senatorlar ham katta ish qildi. Oldingi senatorlarga o‘zimning nomimdan minnatdorchilik bildiraman. Ular katta natijalarga erishdi. Oliy vakillik organi a’zosi bo‘lish nafaqat oliy sharaf, balki katta mas’uliyat ham ekanligini barchangiz yaxshi tushunasiz. Senator – avvalo xalq va davlat ishonchini oqlagan inson. O‘z tajribasiga ega va tinimsiz mehnat qilib tashabbus ko‘rsatib yashaydigan, el-yurt manfaatini doimo birinchi o‘ringa qo‘yadigan, o‘z taqdirini el-yurt taqdiriga chambarchas bog‘laydigan shaxsdir. Sizlarni timsolingizda shunday yetuk va faol shaxslarni tasavvur qilamiz”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev yangi senat tarkibi, ularning mutaxassisliklari va ilmiy darajalari haqida aniq sonlar keltirdi. 

“Senatning yangi tarkibi yuqori professional darajada shakllandi. Ularning 20 nafarini iqtisodchilar, 19 nafari muhandislar, 13 nafari pedagoglar, 7 nafari huquqshunoslar, 6 nafari tibbiyot xodimlari, 5 nafari agronomlar, 4 nafarini jurnalistlar hamda 12 nafarini jamoat tashkilotlari vakillari tashkil qildi. Ular orasida 16 nafar fan doktori, 12 nafari fan nomzodi ekanligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi”, deydi davlat rahbari. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi senatorlar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar