Falastin G‘azo uchun dengiz gumanitar yo‘lagini ochishni taklif qildi

Olam

image

Falastin hukumati Kipr va G‘azo sektori o‘rtasida dengiz gumanitar yo‘lagini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye bayonot berdi.

"Biz G‘azoga gumanitar koridor ochilishini talab qilamiz va faqat Rafah nazorat punkti (Misr bilan chegaradagi) bilan cheklanib qolmaymiz. Biz Kipr va G‘azo sektori o‘rtasida dengiz gumanitar yo‘lagi ochishni taklif qildik", degan hukumat rahbari. 

Anklavdagi og‘ir gumanitar vaziyat tufayli u BMTni "G‘azoga gumanitar yordamni havodan tushirishga" chaqirgan.

Shtaye G‘azo sektoridagi salomatlik holatiga to‘xtalar ekan, Isroilning harakatlarini urush jinoyati deb atagan. 

"Shifoxonalarga zarba berish va ularni yoqilg‘idan mahrum qilish faqat urush jinoyati deyish mumkin", deydi u.

G‘azo sektori hukumatining ma’lum qilishicha, Isroilning zarbalari tufayli anklavda kamida 22 shifoxona va 49 tibbiyot markazi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kipr Prezidenti Nikos Xristodulidis bilan uchrashib, oroldan G‘azo sektoriga yordam yetkazish uchun dengiz yo‘lagi yaratish imkoniyatini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kipr Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing