Falastin elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
Jamiyat
−
09 Oktabr 7416 1 daqiqa
Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Xatori o‘z faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir kecha, 8 oktyabr kuni Javad Muhammad Avad bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki mamlakat munosabatlarini mustahkamlash va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi elchining sa’y-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildirilgan.
“O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalari asosida “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori. Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Saidov.
Shuningdek, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Xatori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston – Yaponiya strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib, savdo, investitsiya, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez Toshkentdagi faoliyatini yakunlagandi.
Live
Barchasi