Endi faxriy donorlar jamoat transportidan bepul foydalanadi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish huquqi beriladi. Bu 28 fevral kuni qabul qilingan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun bilan belgilandi.

Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 min so‘m) miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi. Ilgari bu BHMning 5 baravari edi.

Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

faxriy donor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar