Facebook “aqlli” soatlar ishlab chiqaradi

Texnologiya

image

Amerikaning Facebook kompaniyasi 2022 yilda “aqlli” soatlar ishlab chiqarib, ularni bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda “The Information” xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, soat o‘z egalariga Facebook xizmatlari orqali xabar yuborish, fitness va sog‘liqni saqlash imkoniyatlaridan foydalanishga yordam beradi.

Shuningdek, “aqlli” soat Android operatsion tizimida ishlashi kutilmoqda. Biroq, Facebook kelajakdagi qurilmalari uchun o‘z operatsion tizimini ishlab chiqishni ham rejalashtirgan.

Facebook 2012 yilda Instagram’ni 1 milliard dollarga sotib olgandi. O‘shanda dastur 30 millionga yaqin foydalanuvchiga ega bo‘lgan. Ikki yildan so‘ng, Facebook WhatsApp messenjerini sotib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing