F-16 qiruvchi samolyoti Ukraina hududiga qulab tushdi

Olam

image

26 avgust kuni Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyoti Ukraina hududiga qulab tushdi. Buni Ukraina Bosh shtabi tasdiqladi.

Bosh shtabning yozma bayonotida Ukraina F-16 samolyotlarining 26 avgust kuni Rossiya havo kuchlarining Ukrainaga intensiv hujumlari chog‘ida jangovar navbatlar amalga oshirgani ma’lum qilindi.

“Havo jangi paytida F-16 samolyotlari yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi, to‘rtta qanotli raketa samolyot qurollari bilan urib tushirildi”, deyiladi xabarda.

Bayonotda, nishonga yaqinlashish chog‘ida F-16 bilan aloqa uzilgani aytilgan:

“Keyingi nishonga yaqinlashganda, samolyotlardan biri bilan aloqa uzildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, samolyot halokatga uchragan, uchuvchi vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Bayonotda hodisa sabablarini aniqlash maqsadida samolyot qulagan hududga maxsus guruh yuborilgani bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing