Yozuvchi va faxriy jurnalist Sotvoldi Rajabov olamdan o‘tdi
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
39071 dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib, faxriy jurnalist Sotvoldi Rajabov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sotvoldi Rajabov 1946 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1970 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. “Mushtum” jurnalida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi adabiy-dramatik eshittirishlar tahririyatida, Andijon viloyat teleradiokompaniyasida ishlagan.
“Hikoya va qissalardan iborat o‘nga yaqin kitobi nashr etilgan. Uning “Birovning bolasi” nomli yangi hikoyalar to‘plami nashriyotga topshirilgan, chop etilish arafasida edi”, deyiladi xabarda.
QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi Sotvoldi Rajabovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi