“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati Fransiyada mukofotlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yagona mustaqil inson huquqlari tashkiloti – “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati Fransiyaning “Ozodlik-Tenglik-Birodarlik” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Fransiya Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi xabar berdi.

“Joriy yil 12 avgust kuni xalqaro gumanitar huquqning asosi bo‘lgan Jeneva konvensiyalarining 75 yilligi nishonlandi. IV Konvensiya mojaroda ishtirok etmagan yoki ishtirok etmaydigan barcha tinch aholini himoya qilish majburiyatini belgilaydi. Shu munosabat bilan, Milliy inson huquqlari instituti sifatida va Xalqaro gumanitar huquqni amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya sifatidagi mandati doirasida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi (CNCDH) 37-nashri uchun Fransiya Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha mukofoti, “qurolli mojaro bilan bog‘liq har qanday vaziyatda fuqarolarning inson huquqlarini himoya qilish” harakatlarini mukofotlashga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha “Ozodlik-Tenglik-Birodarlik” mukofoti 1988 yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini e’tirof etishdan iborat.

Mukofot har yili beshta g‘olibga beriladi, ularning har biri 14 000 yevrodan mukofot oladi va beshta maxsus mukofot ham ajralib turadi.

Bu yilgi g‘oliblar orasida 2002 yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati ham bor.

“Mukofotlangan loyiha O‘zbekistondagi tinch aholi o‘rtasida Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek ishchilari va mahbuslarining Rossiya armiyasiga majburiy jalb etilishi haqida xabardorlikni oshiradi”, deyiladi xabarda. 

“Ezgulik” jamiyati bilan birga Kamerundagi “Mandella” markazi, Gaitidagi “Citizens” tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi “Caesar” tashkilotlari ham ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan. Taqdirlash  marosimi shu yilning 10 dekabr – Inson huquqlari kunida Parijda o‘tkaziladi. Mukofot Fransiya Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.

Ma’lumot uchun, Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha “Ozodlik-Tenglik-Birodarlik” mukofoti 1988 yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini e’tirof etishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Abdurahmon Tashanov Ezgulik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing