Yozda O‘zbekistonda AES qurilishi boshlanadi
Jamiyat
−
28 may
14874O‘zbekistonda shu yil yozida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanadi. Bu haqda “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev ma’lum qildi.
"Rosatom" kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasini imzolash orqali o‘zining inkor etib bo‘lmaydigan global yetakchiligini tasdiqladi va bu shunchaki dastlabki kelishuv emas, biz shu yozda qurilishni darhol boshlaymiz", deydi Lixachev.
“Atomstroyeksport” AJ (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, qurilishda mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi.
Lixachevning aytishicha, “Rosatom” O‘zbekistonda yuqori quvvatli atom elektr stansiyasini qurish masalasini ham olib tashlamayapti.
“Biz jami 2,5 gigavatt quvvatga ega bo‘lgan yirik stansiya qurilishi haqidagi masalani kun tartibidan olib tashlamayapmiz”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi doirasida Rossiya va O‘zbekiston delegatsiyalari O‘zbekistonda Rossiya loyihasidagi kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hujjatlarni imzolagandi.
LiveBarchasi