Yoz fasli qanday ob-havo bilan kirib keladi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Bugun, 30 may kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28° atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari 15-18°, kunduz kunlari 31-34° atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 35-37° gacha bo‘ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3° ga pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing