Eynshteynning ustoziga tegishli bo‘lgan skripka $15,3 mlnga sotildi

Madaniyat-san’at

image

Noyob musiqa asboblari ustasi Antonio Stradivarining juda qiziq tarixga ega skripkasi Nyu-Yorkdagi kim oshdi savdosida 15,3 million dollarga sotildi.

“Da Vinchi” skripkasini 1714 yilda Stradivari yasagan. Bu vaqt buyuk italyan hayotidagi oltin davr deb ataladi. “Da Vinchi”ning tarixi alohida e’tiborga molik.

“Tarisio” auksion uyi vakili Jeyson Praysning aytishicha, cholg‘u asbobi XX asrda qariyb 40 yil davomida mashhur skripkachi virtuoz Toshe Zaydelga tegishli bo‘lgan.

Zaydel nafaqat ijrochilik mahorati bilan, balki o‘z vaqtida Prinstonda Albert Eynshteynga skripka san’atidan dars bergani bilan ham mashhur. Eynshteyn keyinchalik u eng buyuk olimlardan biriga aylangan.

Zaydel va Eynshteyn hatto birga konsert berishgan. Shunday qilib, 1933 yilda ularning dueti Nyu-Yorkda konsert berdi, unda yig‘ilgan pul fashistlar Germaniyasidan qochib ketgan yahudiy olimlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan edi.

“Spiegel” ma’lumotlariga ko‘ra, “da Vinchi” skripkasi narx bobida Stradivarining 2011 yilda 15,9 million dollarga sotilgan boshqa bir skripkasidan ortda qolmoqda.

Yaqingacha “da Vinchi”ning egasi jamoatchilikka noma’lum bo‘lib qolishni istagan yapon kolleksiyachisi edi. Shuningdek, u nima uchun Stradivari-Eynshteyn skripkasini sotishga qaror qilgani haqida xabar berilmagan. Biroq Nyu-Yorkda uni sotib olgan yangi egasining ismi ham sirligicha qoldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

skripka Stradivari

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar