Eyfel minorasini zang bosgan va ta’mirga muhtoj – OAV
Olam
−
05 iyul 2022
7606Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan Parijning eng taniqli me’morchilik namunasi Eyfel minorasi zanglagan va ta’mirga muhtoj. Bu haqda “The Guardian” Fransiyaning “Marianne” nashriga tayanib, ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun Eyfel minorasini qayta bo‘yash rejalashtirilmoqda. Biroq, mutaxassislarning fikricha, yodgorlikni saqlab qolish uchun “kosmetik” ta’mirlar yetarli emas.
“Agar Gustav Eyfel [minora konsruktori] bu yerga tashrif buyurganida, holatni ko‘rib, u yurak xurujiga duchor bo‘lgan bo‘lardi”, deydi minora xodimlaridan biri.
Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida minora 20 marta qayta bo‘yaladi. Bu ehtiyojlar uchun 60 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Balandligi 324 metr, og‘irligi 7300 tonna bo‘lgan temir minora 1889 yilgi jahon yarmarkasi uchun qurilgan. Mazkur “Parijning temir xonimi” demontaj qilinmaguncha 20 yil turishi kutilgan. Ammo mana 133 yil o‘tgan bo‘lsa-da, minora hali ham astoydil xizmat ko‘rsatishda davom etyapti.
Minora konstruktori uni har yetti yilda bir marta bo‘yash kerakligini aytgan.
“Bo‘yoq — bu metall konstruksiyani himoya qilishning muhim tarkibiy qismi va u minoraning uzoq umr ko‘rishining yagona kafolatidir. Eng muhimi, zang boshlanishining oldini olishdir”, deya yozib qoldirgan Gustav Eyfel.
LiveBarchasi