“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze koronavirus sabab Qozog‘iston orqali Turkiyaga uchib ketdi

Sport

image

Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi, "Reynjers", "Ayaks" va yana bir qator klublarning sobiq futbolchisi Shota Arveladze koronavirus pandemiyasi sabab Qozog‘iston orqali Turkiyaga qochib ketdi. Bu haqda uning o‘zi quyidagicha izoh berdi.

"Men Turkiyaning "Qosimposhsho" jamoasida faoliyat olib borgan kezlarim, Istanbuldan uy sotib olgan edim. Biz mana shu uyda istiqomat qilamiz. Oila a’zolarim ham shu yerda. Men juda ham ehtiyotkorman, chunki menda astma kasalligi bor. Bu yerga Qozog‘istondan xususiy samolyotda uchib keldim. Boisi koronavirus pandemiyasi sabab doimiy aviaqatnovlar to‘xtatilgandi. Istanbulda uydan ko‘chaga chiqmayman. Bu yerda futbol uchrashuvlarini tomosha qilish bilan vaqtimni o‘tkazaman", deya izoh berdi Shota Arveladze

Ma’lumot o‘rnida, Shota Arveladze 2017 yili Toshkentning "Paxtakor" klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Arveladze "sherlar" bilan 2017 yili O‘zbekiston chempionati bronza medali, 2018 yili kumush medali va 2019 yilda oltin medal sohibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 469 221 nafarni tashkil etyapti. Shulardan 85 477 nafari ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 316 482 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘aydi.

Turkiyada koronavirusga chalinganlar 34 109 kishini tashkil etmoqda. 725 nafar inson ushbu infeksiyasi tufayli vafot etgan. 1582 kishi koronavirus infeksiyasidan butul tuzalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor koronavirus Shota Arveladze

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing