“Everton” hujumchisiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi joriy yilning yoz oylarida hujum chizig‘ini kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. Shuning uchun, mankunianliklar “Everton” futbolchisi Richarlisonni sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Hozirda “qizil iblislar”ning asosiy hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavani hisoblanadi. Biroq ikkisining yoshi ham qirqqa qarab ketmoqda. Shuning uchun, Kavani va Ronaldu bilan bog‘liq uzoq muddatli rejalar tuzib bo‘lmaydi. Qolaversa, “Manchester Yunayted”ning kelajak umidi sifatida qaralayotgan Markus Rashford ham o‘zidan kutilgan o‘yin namoyish qilmayapti. Mana shunday pallada 24 yoshli braziliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavanining munosib o‘rinbosari bo‘lishi mumkin.

“Manchester Yunayted” Yevropa Chempionlar ligasida nimchorak final bahsida Madridning “Atletiko” klubiga imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, kelasi mavsumda YeCHL “qizil iblislar”siz o‘tishi mumkin. Sababi “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining bu yilgi mavsumida 29 ta o‘yindan so‘ng, 50 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 6-o‘riniga joylashgan. Agar, APL yakunigacha ushbu holat o‘zgarmasa, Ronaldu va uning sheriklari YeCHL yo‘llanmasidan quruq qoladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Richarlison “Everton” safida Premer liganing 20 o‘yinida maydonga tushib 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 55 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing