Evakuatsiya uchun yopilgan Toshkent-3 aeroporti qayta ochilmoqda

Jamiyat

image

Bundan roppa-rosa 10 kun avval vaqtincha yopilgan mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ ma’lum qildi.

Joriy yilning 31 avgustidan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi va respublika bo‘ylab barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, aeroport joriy yilning 19 avgustidan boshlab noma’lum muddatga yopilgan edi. Aeroport Afg‘onistondan Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari hamda afg‘onlarni evakuatsiya qilish uchun amalga oshirilgan parvozlarga tranzit vazifasini o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing