Estoniya Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qildi
Olam
−
18 Oktabr 2022
3944Bugun, 18 oktyabr kuni Estoniya parlamentining deputatlari Rossiyani “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat” deb e’lon qildi. Bu haqda “ERR” milliy radioeshittirish portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 88 nafar deputat ushbu bayonotni qo‘llab-quvvatlagan. Betaraf yoki qarshi ovoz berganlar bo‘lmagan.
“Ushbu hujjat Rossiyani terrorizmning homiysi bo‘lgan davlat, shuningdek, Yevropa tinchligiga asosiy tahdid sifatida belgilaydi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi va tan olinmagan DXR va LXRning qurolli tuzilmalari ham terrorchi tashkilotlar sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, bayonotda Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” va yangi sub’ektlarning Rossiyaga qo‘shilishi qoralangan.
Ta’kidlanishicha, Estoniya Zaporoje va Xerson viloyatlarida, shuningdek, DXR va LXRda o‘tkazilgan referendumlar natijalarini hech qachon tan olmaydi.
Bundan tashqari, deputatlar Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zoligidan chiqarib tashlashga chaqirgan.
LiveBarchasi