Estoniya Bosh vaziri ham ruslarga eshiklarni yopishni qo‘llab chiqdi
Olam
−
09 avgust 2022
6386Hozirgi paytda Rossiya bilan havo qatnovi yopilgan. Ammo Yevropa Ittifoqi davlatlari Shengen vizasi berishda davom etmoqda. Bu hol Rossiyaga qo‘shni davlatlar – Estoniya, Latviya va Finlyandiyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Ruslarga sayyohlik vizalarini berishni to‘xtating. Yevropaga tashrif buyurish inson huquqi emas, balki imtiyozdir”, deydi Kaya Kallas Rossiyadan turistlar kelishini to‘xtatish vaqti kelganini ta’kidlab.
Estoniya Bosh vazirining bayonotiga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev javob qaytardi.
“Ukrain "klouni"dan (Prezident Vladimir Zelenskiy – tahr.) keyin estoniyalik “xola” ham Rossiya fuqarolariga qarshi yana bir safsatani to‘qib chiqardi. Siz ozod ekanligingiz sizning xizmatingiz emas, balki bizning kamchiligimizdir”, deb yozgan Medvedev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy "The Washington Post" gazetasiga bergan intervyusida G‘arbni barcha ruslar uchun chegaralarni butunlay yopishga chaqirgandi.
Go‘zal Alimova
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar