“Estafeta” davom etadi: TATUdagi to‘rtta guruhda koronavirus aniqlandi
O‘zbekiston
−
25 Mart 2021 10875 1 daqiqa
Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi 4 ta guruhda, talabalar orasida koronavirus aniqlangan. Ushbu xabarni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 2-TTJda istiqomat qilayotgan 440 nafar talaba va xodimlardan koronavirusga analiz olingan. Talabalar yotoqxonasi dizenfeksiya qilingan.
Manbaga ko‘ra, universitet ma’sullari ushbu yotoqxonadagi talabalardan doimiy xabardor bo‘lib turibdi. Ularning barchasi o‘zini yaxshi his qilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Inha universiteti 23 martdan ikki hafta muddatga karantinga yopilgandi. Bunga bir nafar talabada koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgandi.
Shuningdek, Toshkent moliya institutida o‘qish koronavirus sabab onlayn shaklga o‘tkazildi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr