Bobosi bilan 5-qavatdan yiqilgan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira 5-qavatdagi eskalatordan qulab tushgani va mazkur baxtsiz hodisa oqibatida bobo – 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hodisada bobosi bilan qulagan nabiraning ahvoli qanday ekani haqida ma’lumot berdi Qayd etilishicha, ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshilanib bormoqda

Bola viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida davolnishni davom ettirmoqda 

“Joriy yil 23 fevral holatiga ko‘ra, bemorning umumiy holati dinamikada yaxshilanib bormoqda. Ayni paytda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tajribali shifokorlari tomonidan standart bo‘yicha muolajalar davom ettirilyapti.

Shuningdek, bolaning ahvoli Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda”, deyiladi SSV xabarida. 

Ta’kidlanishicha, bemor yaqin kunlarda reanimatsiyadan bolalar bo‘limiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

502

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing