Ertaga Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashadi – NASA

Texnologiya

image

Ertaga, 11 dekabr kuni diametri taxminan 330 metr bo‘lgan potensial xavfli asteroid Yerga yaqinlashadi. Bu haqda AQSHning Milliy ayeronavtika va koinot boshqarmasining (NASA) reaktiv harakat laboratoriyasiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur asteroid birinchi marta 1982 yilda aniqlangan. “4660 Nereus” nomini olgan samoviy jism Yerga taxminan 4 million km masofada uchadi. NASA tasnifiga ko‘ra, u sayyoraga yaqin joylashganligi sabab Yer uchun potensial xavfli ob’ekt hisoblanadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Apollon – Yerga yaqin asteroidlar guruhiga kiruvchi “4660 Nereus” osmon jismi 664 kun ichida Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqadi.

Amerika ommaviy axborot vositalari tuxum shaklidagi asteroid hajmini Eyfel minorasi bilan solishtirmoqda. Asteroid shakli, o‘lchami va quyosh atrofida harakati tufayli bir necha marta kosmik missiya uchun nishon sifatida taklif qilingan.

600 000 dan ortiq asteroidlarni kuzatib boradigan Asterank ma’lumotlar bazasi “4660 Nereus”ning qiymatini 4,71 milliard dollarga baholagan.

Ma’lumot uchun, olimlar “4660 Nereus” asteroidida nikel, temir va kobaltning boy zahiralari bor deb ishonadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

703

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing