Ertaga yomg‘ir qorga aylanadi
Bu qiziq
−
13:48 11586 2 daqiqa
O‘zgidromet ertaga,18 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent шаҳрида havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda ba’zi joylarda 13-18 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi