Ertaga o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zgidromet, ertaga 14 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made