Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 28 yanvar kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga 7-12 m/s tezlikda esadi. Cho‘l zonasida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l zonasida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkentning tog‘li hududlarida va Namangan viloyatida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan g‘arbga 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston yomg'ir O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing