Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilayotgani aytildi
Bu qiziq
−
10 yanvar 2023
4700510-11 yanvarda respublika hududining katta qismida qor yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 10 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
10-11 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17° sovuqgacha, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha, shimolda kechalari 20-25° sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30° sovuqgacha, kunduz kunlari 12-17° sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13° sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8° sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 10 yanvarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
11 yanvarga ob-havo prognozi
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14° sovuq, kunduzi 5-7° sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqgacha, kunduzi 20-23° sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha, cho‘l hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 12-17° sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° sovuq, ba’zi joylarda 17° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi.
LiveBarchasi