Ertaga Uchtepa va Mirobodda “svet” bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 22 oktyabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Uchtepa tumani “Bekobod” mahallasida, hamda Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchtepa tuman “Bekobod” mahallasida joylashgan 3082-sonli transformator punktida rejali mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 177-sonli o‘rta ta’lim maktabida, 550-sonli MTMda, hamda shahar arxiv binosida soat 08:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, Mirobod tuman “Baynalminal” mahalla hududiga qarashli 112-sonli transformator punktining 1-seksiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, Ok yo‘l va 1-tor Oq yo‘l ko‘chalaridagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasi vaqtinchalik 09:00 dan 17:00 gacha uzilish bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

uchtepa mirobod tumani

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar