Ertaga U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi
Sport
−
14 Sentabr 2023 3962 1 daqiqa
Joriy yilning 15 sentyabr kuni futbol bo‘yicha U-17 terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlanadi.
Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin olgan. Shuningdek, 3-savatchada Yangi Zelandiya, Eron, Senegal, AQSH va Marokash termalari ham joylashgan. Bu degani O‘zbekiston aynan shu jamoalari bilan guruh bosqichida to‘qnash kelmaydi.
Qur’a tashlash marosim Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Syurix shahrida onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, U-17 Jahon chempionati 10 noyabrdan 2 dekabrga qadar Indoneziyada o‘tkaziladi. O‘zbekiston jamoasi shu yili Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yarim finalga chiqib, kichik mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025