Ertaga Tramp Eron urushi bo‘yicha murojaat yo‘llaydi 

Olam

image

Toshkent vaqti bilan ertaga, 2 aprel soat 6:00 da AQSH Prezidentni Donald Tramp o‘z xalqiga murojaat yo‘llaydi. Bu haqda Trampning matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, Oq uy rahbarining murojaati AQSH vaqti bilan bugun soat 21:00 ga to‘g‘ri keladi. 

“AQSH vaqti bilan soat 21:00 da Tramp Eron masalasi bo‘yicha muhim yangiliklarni e’lon qilish uchun xalqqa murojaat qiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiya yaqin haftalarda yakunlanishini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, AQSH o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishgan va operatsiya yana taxminan 2–3 hafta davom etadi, shundan so‘ng AQSH kuchlari hududni tark etadi.

Bundan tashqari, Tramp AQSH Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatga aralashmasligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar, masalan, Fransiya o‘zlari bu hudud orqali neft va gaz tashishni mustaqil hal qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

murojaat Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing