Ertaga Toshkentning to‘rtta tumani issiq suvsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 4 noyabr kuni Toshkent shahrining to‘rtta tumani issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ertaga, 4 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bunga 1-IM qozonxonasi elektr ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 

Hokimlikga ko‘ra, o‘chirish “Hududiy elektr tarmoqlari”ning rejadagi ishlari bilan bog‘liq. Ish 4 noyabr kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga ta’sir qiladi.

Yunusobod tumani: 

•  2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari;
•  Bodomzor, Ergashev, Osiyo, Niyozbek Yo‘li, Amir Temur, Asomov, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Murtazayev, Aripov ko‘chalari.

Olmazor tumani: 

•  Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, S-22, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, S-17 /18 dahalari;
•  Olmazor, Bobojonov, Qorasaroy, Baland, Abdurahmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘razboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalari.

Shayxontoxur tumani: 

•  Zulfiyaxonim, Bahor ko‘chalari;
•  S-12, S-15, S-16 dahalari.

Mirzo Ulug‘bek tumani: 

•  S-1, S-2 dahalari, 
•  Hamid Olimjon ko‘chasi.

“Issiq suv bilan ta’minlash elektr ta’minoti qayta tiklanganidan va 4-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 5 noyabr ertalabgacha) amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod Mirzo Ulug'bek Yashnobod issiq suv Olmazor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing