Ertaga Toshkentning markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 19 iyun kuni Toshkentda harbiy musobaqa o‘tkazilishi munosabat bilan qator ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Vatan qalqoni” nomli yugurish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan bugun, 18 iyun kuni soat 17:00 dan 19 iyun kuni soat 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi. 

Shuningdek, 19 iyun kuni soat 05:30 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyida keltirilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

•  Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi va Afrosiyob va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Matbuotchilar ko‘chalari chorrahasigacha;

•  Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

Hokimlikyuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing