Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 14 sentyabr kuni Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘llar “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi. Quyidagi ko‘chalar yopiladi:

•    Chilonzor ko‘chasi – Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;

•    Alisher Navoiy shohko‘chasi – Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;

•    Paxtakor  ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasi va “Paxtakor” stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi;

Hokimlik haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing