Ertaga takroriy ovoz berish qaysi okruglarda o‘tkaziladi?

Bu qiziq

image

Ertaga, 5 yanvar kuni – yakshanba kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Shuningdek, shu kuni mahalliy Kengashlarga ham deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyadan xabar qilishlaricha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 22 ta okrug saylov komissiyalari tomonidan bironta nomzod ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pini ovozini ololmaganligi sababli, mazkur saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingan:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 67-Pastdarg‘om, 102-Yaypan, 106-Bag‘dod okrug saylov komissiyalari tomonidan arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilgani sababli mazkur saylov okruglaridan deputatlar saylangani to‘g‘risida barvaqt xulosaga kelingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 67-Pastdarg‘om, 102-Yaypan, 106-Bag‘dod saylov okruglari bo‘yicha bironta nomzod ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pini ovozini ololmaganligi sababli, mazkur saylov okruglarida eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan saylov okruglari ro‘yxati:
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha: 8-Oqmang‘it saylov okrugi 
 
Andijon viloyati bo‘yicha: 9-Andijon saylov okrugi 
 
Jizzax viloyati bo‘yicha: 32-Jizzax saylov okrugi, 33-Do‘stlik saylov okrugi, 35-G‘allaorol saylov okrugi, 36-Paxtakor saylov okrugi, 37-Sharof Rashidov saylov okrugi.
 
Namangan viloyati bo‘yicha:
44-Sardoba saylov okrugi, 49-Uychi saylov okrugi.

Samarqand viloyati bo‘yicha: 56-Registon saylov okrugi, 57-Sug‘diyona saylov okrugi, 67-Pastdarg‘om saylov okrugi.
 
Surxondaryo viloyati bo‘yicha: 76-Sherobod saylov okrugi, 83-Oltinsoy saylov okrugi.
 
Toshkent viloyati bo‘yicha: 87-Angren saylov okrugi, 89-Bo‘ka saylov okrugi.
 
Farg‘ona viloyati bo‘yicha: 102-Yaypan saylov okrugi, 104-Uchko‘prik saylov okrugi, 106-Bag‘dod saylov okrugi.
 
Xorazm viloyati bo‘yicha: 117-Urganch saylov okrugi.
 
Qashqadaryo  viloyati bo‘yicha:
133-Shahrisabz saylov okrugi, 134-Yakkabog‘ saylov okrugi, 135-G‘uzor saylov okrugi.
 
Toshkent  shahri bo‘yicha: 148-Ko‘kcha saylov okrugi, 150-Shayxontohur saylov okrugi. 

Ma’lumot uchun, Saylov kodeksining 59-moddasiga muvofiq, takroriy ovoz berish:

•    saylov okrugi bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan 2 nafar nomzod bo‘yicha ushbu okrugda o‘tkaziladi; 
•    asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.


 


Maqola muallifi

Teglar

takroriy ovoz berish

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar