Ertaga poytaxtning ayrim hududlari elektr tarmog‘idan uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 9 avgust kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi:

Yunusobod tumanida: “Mingchinor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Bektemir tumani: “Nurli yo‘l” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 35 kVli “L-Parkentskaya-2" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari iste’molchilarining bir qismi (jami 2500 ta xonadon) elektr ta’minotidan uzilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing