Ertaga ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image
Ertaga, 11 iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
 
Prognozlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 3-8 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
 
Bildirilishicha, Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
 
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 10-12 iyun kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet Prognoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing