Ertaga Mirziyoyevni muhim tadbir kutmoqda

Jamiyat

image

Ertaga, 24 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, tadbirda YeTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.

Prezident ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Asadovga ko‘ra, bugun, 23 mart kuni davlat rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Investitsiya forumi

Baholaganlar

655

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing