Ertaga kutilayotgan ob-havo ma’lumoti berildi
Bu qiziq
−
21 aprel
26673O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.