Ertaga qaysi hududlarda havo harorati ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
26 Oktabr 2023
22855Ertaga, 27 oktyabr kuni Respublika bo‘ylab havo harorati kechasi 14 daraja, kunduzi esa 28 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi; baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishida o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi