Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 4 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin, ayrim joylarida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin, ayrim joylarida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-6 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing